Ko’p kekirish

SavollarMavzu: TerapiyaKo’p kekirish
AvatarAvaz soʻradi

Assalom aleykum !
Men 31 yoshdaman, sizlardan kasallik belgilariga qarab tavsiya berishingizni iltimos qilaman.
Ovqatlanganimdan soʻng kekiraman oxirgi paytlarda bu tez tez va uzoq takrorlanmoqda.Kecha esa tushlikda ovqatlangan edim kechga borib takror takror kekirib qayd qilmoqchi edim hech narsa yoʻq edi. Kechki ovqatni yeb boʻlganimdan soʻng yana kekirish boshlandi va qayd qildim. Bugun ertalab turib hovliga chiqganimda yana oʻgʻjib oʻgʻjib qayd qildim azgina suv chiqdi holos. Soʻnggi paytlarda fast food shashlik yesam achchiq suv keladi boʻgzimga. Oʻsha taomlardagi is gazini his qilaman va koʻnglim ayniydi. Soʻnggi paytlarda sigaret ham chekolmay qolyapman chekishni boshlasam kekiraman va koʻnglim ayniydì.
Iltimos menga imkon qadar tezroq maslahat beringlar ! Ahvol yomonlashsa yomonlashayaptiki yaxshilanmayapti …

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
1 ta javob
AvatarAvitsenna.uz jamoasi javob berdi

Yozganingizga qaraganda oshqozon shilliq qavati yalligʻlanishi, kislota-ishqor muvozanati buzilishi natijasida sizda yuqoridagi holatlar kuzatilmoqda. Jigʻildon qaynashi holati ham kuzatilyabdi. Vrach gastoenterolog koʻrigidan oʻtishingiz zarur.