Og‘iz qurishi

AvatarОйдина asked 3 yil ago

Assalomu alaykum! Yoshim 36 da, ayol kishiman. 1,5-2 oydan beri uxlagan vaqtimda og‘zim, tomog‘im qurib qolyapti. Uyg‘onib ketganimda qurib qolgan bo‘ladi, lekin chanqamayman. Allergik rinit kasalim tufayli 6-7 oydan beri doktor tavsiyasiga ko‘ra allersetin, miteka 10 mg ichaman, serited-125 aerozol ishlataman. Yaqin bir yildan beri hayz ko‘rmayotgan edim, ikkin oydan beri ko‘ryapman. Allergiya kasalim ham butunlay tuzalgani yo‘q, nimadanligini bilmayman. Nima qilsam bo‘ladi? Iloji bo‘lsa maslahat bering, e’tiboringiz uchun rahmat!

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
2 Answers
Best Answer
Urazbaev MansurEsanov Bahodir (Farmakolog) Staff answered 3 yil ago

Yuqorida nomi keltirilgan dorilarni ishlatganingizda tomoq qurishi kuzatiladi, lekin uyqu vaqtida bunday bo ‘lish ehtimoli kam. Dorilarni ham buncha muddat uzluksiz foydalanish, balki shu muammoni yuzaga keltirayotgan bo ‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari uzoq vaqt davomida hayz ko ‘rmaganligingiz ham organizmingizda gomonal buzilish yuzaga kelganidan dalolat bermoqda (ehtimolligi yuqoriroq).

Sizga maslahatimiz, malakali allergologga murojaat qilib, shikoyatingizni va shu vaqtgacha qo‘llagan muolajalaringizni ayting. Sizning holatingizga qarab muammoning aniq sababini va to‘g‘ri davolash muolajasini tavsiya etadi.
Salomat bo‘ling!

Urazbaev MansurSarvar Fayziyev Staff answered 3 yil ago

Agar sizni nafas qisishi bezovta qilmasa, uyqu oldidan «serited-125 aerozol»ini ishlatmaganingiz ma’qul, chunki u so‘lak ajralishini kamaytirib, uyqu vaqtida tomoq qurishi holatini keltirib chiqarishi mumkin.
Shifokor bilan maslahatlashgan holda  flutinex, nazonex avamis, nasobek kabilardan biridan foydalanishingiz mumkin.

Faqat shifokor bilan maslahatlashgan holda! 

Va shaxsiy tavsiyam, hududingizdagi (yoki umuman) malakali allergolog  qabuliga boring, tegishli tekshiruvlardan o‘ting va aniq, maqsadli yo‘naltirilgan muolajalarni qabul qiling!