Uyqusizlik

AvatarFilura soʻradi

Asslomu-alaykum. Men uyqusizlikdan anchadan beri aziyat chekayapman. Shifokorga borganimda novopassit, magniy b6 yozib berdi. Dorilardan uyqum yaxshilashganday bo’ldiyu, lekin butunlay emas. Uyqum juda yuzaki uxlab qolishga qiynalaman, tez uyg’onib ketaman.juda qiynalayapman. Nima maslahat berasizlar. Iltimos yordam berilar. Javob uchun oldindan rahmat!

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
AvatarAvitsenna.uz jamoasi javob berdi

Uyqusizlikning fizioterapevtik davosi
Uyqusizlikni davolashda fizioterapevtik muolajalardan foydalanish yaxshi samara beradi, masalan:

  • Tinchlantiruvchi massaj – qon aylanishini yaxshilaydi, zo‘riqish va xavotirlikni bartaraf etadi;
  • Iliq vannalar qabul qilish – xvoy, dengiz tuzi (morskoy sol), yod-bromli vannalar;
  • Igna bilan davolash – ignalarni tananing maxsus akupunktural nuqtalarga joylashtirib, organizmning kerakli funksiyalarini kuchaytirish;
  • Elektrouyqu – past chastotali elektr impulslarini yuborish;
  • Magnitoterapiya – bo‘yin sohasiga past chastotali magnit to‘lqinlarini yuborish;
  • Dorsenval yordamida davolash;
  • Galvanoterapiya – kam kuchlanishli doimiy tokni bo‘yin sohasiga yuborish;
  • Elektroforez – tinchlantiruvchi vositalarni kam kuchlanishli doimiy tok yordamida organizmga kiritish;

Uyqusizlikni davolashda fizioterapiya muolajalari, dori preparatlariga qaraganda xavfsizroq, ular o‘rganib qolish hissini chaqirmaydi va samarasi ham ancha sezilarli bo‘ladi. 

 
Ushbu fizioterapevtik muolajalar uyqu yaxshilanishi uchun foydali hisoblanadi. Bundan tashqari, Uyqusizlik sabablari va davolash usullari haqida mana bu maqola orqali ma’lumot olishingiz mumkin:
Uyqusizlik – sabablari, davolash va oldini olish usullari