Virusli gepatit B

SavollarMavzu: VirusologiyaVirusli gepatit B
AvatarGulbahor soʻradi

Xomikadorman xomila 38-39 haftalik. Shu xaftada menda virusli gepatit b kasalligi aniqlandi. Tugʻruqning bolaga xavfi yoʻqmi? Oldindan qanday choralar koʻrishim lozim?

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Odatda, bu virus homilaga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi. Lekin shifokor gepatit B bilan kasallangan homilador ayolni jiddiy kuzatuvi ostiga olishi kerak va bola tugʻilayotganida virusni yuqtirib olmasligini taʼminlashi muhim.
Baʼzi hollarda gepatit B bilan kasallangan homilador ayolda gestasion diabet, qon ajralishi kuzatiladi. Undan tashqari bola muddatidan oldin yoki kichik vaznli boʻlib tugʻilishi mumkin.

Gepatit B bilan kasallangan onaning bolasiga tug’ilayotganida qanday yordam bersa bo’ladi?
Bunga 2 dona ukol kerak:

  • Bola tug’ilishi bilan qilinadigan Gepatit B vaksinasi (uni tug’ilish xonaning o’zida qilish zarur);
  • Gepatit B immunoglobulini.

Agar ushbu 2 dori vositasi bolaga hayotining ilk 12 soati davomida qilinsa, unda 90% holatlarda gepatit B virusiga qarshi immunitet hosil bo’ladi va ushbu virus bilan kasallanmaydi. Muhimi, gepatit B vaksinasini keyingi etaplarini ham o’z vaqtida bolaga qildirishni ta’minlash.
Agar ushbu 12 soat davomida ushbu muolajalar amalga oshirilmasa, bolani gepatit B virusidan saqlash imkoniyati boshqa bo’lmaydi.