Assalomu alaykum..Men homiladorlik vaqtda roʻyhatga turish uchun gepatit C ga analiz tooshirganimda qonimda Gepatit C virusi borligi aniqlandi..Homilam 2 oylik olib tashlashni iloji yoq edi va men bolamni tabiiy yol bn tugʻdim 6 oy emizdim ham..Bazi manbalarda bolaga tabiy yol bn tugʻish vaqtida yoki emizish vaqtida yuqish havfi yuqoriroq deyishgan Savolim shundaki bolamga sut yoki tabiiy tugʻish yoli orqali gepatit C virusi yuqqanligi qanchalik to’g’ri…Javobingiz uchun oldindan Rahmat.
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
Tugʻruq vaqtida (ona va bola qon bilan bevosita aloqa koʻrsatkichi yuqori boʻlsa ) hamda bolani emizish orqali (soʻrgʻichlar yorilsa, qon ketsa ) onadan bolaga onada virus titri yuqori boʻlganda virus yuqishi ehtimolligi mavjud. Agar bolangiz ikki yoshdan oshgan bo’lsa, analiz topshirib aniqlik kiritib olishingiz mumkin.
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz