Salom yaxshimisiz. Bolamning rangi sarg’aygan. Hozir bolam 22 kunlik chaqaloq. kindigi tushsa sariq rangi ketadi diyishgan edi. Haligacha sarg’aygani ketmadi. Buning uchun nima qilish kerak?
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
Chaqaloqlarda kuzatiladigan sariqliklar ikki xil, fiziologik hamda patologik bo’lishi mumkin. Bolalarda fiziologik sariqlik normal holat boʻlib 2-haftalarda oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketadi. Chala tugʻilgan chaqaloqlarda esa sariqlik ertaroq yaʼni bola dunyoga kelishi bilan 1-2 sutkalarda namoyon boʻladi, maksimal darajaga 7-sutkada chiqadi va 3-4 haftada oʻtib ketadi. Tavsiyamiz, farzandingizni pediatr ko’rigidan o’tqazing. Qo’shimcha ma’lumot uchun ushbu maqolani o’qishingizni tavsiya qilamiz: https://ikid.uz/chaqaloqlarda-sariqlik/
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz