Yosh bolalarda bosh miya suvi yoki gidroselafiya

SavollarMavzu: NevropatalogiyaYosh bolalarda bosh miya suvi yoki gidroselafiya
AvatarOlimjon soʻradi

Assalomu Alaykum yosh bolalarda tug’ma bosh miya suvi yoki gidroselafiya haqida aniq ma’lumot berib o’tsangiz bu kasallikni operasiya qilinadimi qayerga murojaat qilish kerak javob uchun oldindan raxmat…

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Gidrotsefaliya likvorsaqlovchi boʻshliqlarning kengayishi boʻlib, likvor ishlab chiqilishi va soʻrilishi oʻrtasidagi nomutanosiblik natijasida kelib chiqadi. Bu esa miya toʻqimasi hajmining kamayishiga va kalla suyagi aylanasining oshishiga olib keladi.
Gidrotsefaliyaning sabablari: 1. Oʻsma. Bunda likvor yoʻllarining oʻtkazuvchanligi buziladi. 2. Homila rivojlanishi paytida xavf soluvchi omillarning taʼciri natijasida gidrotsefaliya kelib chikishi mumkin.
Gidrotsefaliyaning asosiy belgilari:

  1. Likvorning miya qorinchalarida katta miqdorda toʻplanishi.
  2. Ventrikulomegaliyaning tez suratlarda oʻsishi.
  3. Bosh miya ichidagi bosimning oshishi.

Chaqaloqlarda gidrotsefaliyaning belgilari – bu liqildoqlarning taranglashishi va boʻrtishi, tez suratlarda bosh aylanasining oshishi va koʻz harakatlarining buzilishidir.
Gidrotsefaliyaning turlari:
– Tugʻma – homilaning rivojlanishi paytidagi buzilishlar, tugʻruq jarayonidagi shikastlar, qorinchalar ichiga qon quyilishlar natijasida kelib chiqadi va bular natijasida likvor yoʻllari berkiladi.
– Orttirilgan – neyroinfeksiya natijasida kelib chiqishi mumkin. Natijada likvor yoʻllari berkiladi va likvor soʻrilishi buziladi. Xajmli hosilalar likvor yoʻllarining mexanik toʻsilishiga sabab boʻlishi mumkin.
Gidrotsefaliya ichki, tashqi, ochiq, yopiq, aloqador, okklyuzion va arezorbtiv boʻlishi mumkin. Likvorning koʻp ishlab chiqarilishi yoki soʻrilishining buzilishi yoxud miyaning atrofiyasi natijasida kelib chiqadi.
Jarayonning kompensatsiya bosqichida dinamikada kuzatuv talab qilinadi. Subkompensatsiya va dekompensatsiya bosqichida jarroxlik amaliyoti oʻtkazilishi talab etiladi.
Gidrotsefaliyaning rivojlanish turi boʻyicha oʻtkir, oʻtkir osti va surunakali boʻlishi mumkin. Oʻtkir gidrotsefaliya shoshilinch neyrojarroxlik amaliyotiga muhtoj.
 
 Gidrosefaliyaning aksariyat turlari jarrohlik amaliyotini talab etadi. Jarrohlik amaliyoti (ventrikuloperitoneostomiya) gidrosefaliyani davosi sifatida tan olingan. Kasallik bo’yicha Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin.