Yuzdagi qora nuqtalarni davolash

SavollarMavzu: DermatologiyaYuzdagi qora nuqtalarni davolash
AvatarSadoqat soʻradi

Assalomu alaykum!Mening ismim Sadoqat.22 yoshdaman.Bundan ikk uch yil oldin yuzimdan bir kunda xuddi allergiya toshgandek kup miqdorda ugri toshgandi.Husunbuzar yuzimdan ketdiyu lekin asorati qoldi.Qosh o’rtasi,burun ustida ,ikki yonida,iyakda qora nutalar paydo bo’ldi.Yuzda husnubuzarlardan qolgan qo‘ra nuqtalarni davolash usullari.Va to’g’ri ovqatlanish haqida ma’lumot bersangiz .Javob uchun oldindan rahmat.

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Qora nuqtalardan xalos bo’lishda, bug‘ vannalari (yuzni bug‘ga tutish) ham yaxshi natija beradi. Yog‘li teridagi qora nuqtalar quyidagicha ketkaziladi: mayda tuz qo‘shilgan sovun ko‘pigi yuzga mo‘l qilib suriladida, 2—3 minut qoldiriladi, keyin iliq suv, ketidan sovuq suv bilan yuviladi.
Quruq teridagi qora nuqtalarni yo‘qotish uchun teriga yog‘li krem, biror o‘simlik moyi surish yoki moyli niqob tortish, keyin qora nuqta bor joyni mayda tuz bilan salgina ishqalash, so‘ngra yuzni suvga yuvish kerak. Yuzning terisi oyiga 2—3 marta tozalanishi lozim.
Yuzdagi qora nuqtalarni ketkazish uchun samarali usulllardan biri: terapevtik niqoblardir. Tabiiyki, ularning ta’siri mexanik tozalash yoki plastirdan foydalanishdan ko’ra kechroq keladi, lekin ta’siri juda yumshoq, terini ta’sirlantirmaydi va og’riq chaqirmaydi.
Tarmoqda uy sharoitida tayyorlanadigan juda ko’plab niqoblar retseptlari mavjud, xohishga ko’ra do’kondan tayyor mahsulot xarid qilish ham mumkin. Quyida ular orasidan eng samaralilari keltiriladi:
Qatiqli niqob. Bu juda sodda tayyorlanadi: buning uchun yuzga iliq qatiq surtiladi va 5-7 daqiqadan so’ng yuvib tashlanadi. Niqob juda samarali hisoblanadi, chunki qatiq tarkibida teshikchalarda bo’lgan yog’larni erituvchi maxsus kislotalar mavjud, ularni ta’siri natijasida teri tozalanadi.
Iste’mol sodasi va tuzdan tayyorlanadigan niqob. Bir osh qoshiq mayda tuz va iste’mol sodasi biroz miqdorda har qanday yuvinish uchun gel bilan aralashtiriladi. Olingan niqob butun yuzga qo’llanilmasligi kerak, faqatgina muammoli joylarga 5-7 daqiqaga qo’yiladi, so’ng suv bilan yuvib tashlanadi. Agar yuzda ugri va yallig’lanish mavjud bo’lsa, bunday niqobni qo’llash tavsiya etilmaydi — bu og’riq chaqiradi, ta’sirlanish esa yanada oshadi.
Oq gildan niqob. Tayyor oq gilli niqobni dorixona yoki kosmetika do’konidan xarid qilish mumkin. Niqobni butun yuzga surtish mumkin, yaxshisi biroz isitgan ma’qul. Oq gil qora dog’lardan qutulishda juda yaxshi yordam beradi, lekin esda tutingki, u qoplab oluvchi va tortuvchi ta’sirga ega, shu sababli niqobni qo’llagandan so’ng, noqulaylik his etmaslik uchun terini yaxshilab namlantirish kerak. Niqob limon sharbati yoki aspirin bilan aralashtirilishi ham mumkin.
Dolchin va asaldan niqob. Asal va dolchin taxminan 2 : 1 nisbatida aralashtiriladi. Hosil bo’lgan vosita massaj harakati bilan oldindan tozalangan va bug’langan teriga qo’llanadi. Yuzda niqobni 15 daqiqacha ushlash tavsiya etiladi, ammo gap burundagi qora nuqtalar haqida boradigan bo’lsa, niqobni bir kechaga qoldirish ham mumkin. Qo’llashdan keyin niqob iliq suv bilan yuvib tashlanadi.