Yuzga dog’ tushish sababi

SavollarMavzu: DermatologiyaYuzga dog’ tushish sababi
AvatarZilola soʻradi

Yoshim 28da. 20 yoshimda yuzimga dog’ tushgan. 5 yil avval Dermatologga borganimda ichki a’zolarizda muammo bor degandilar. Shundan so’ng man oshqozon, buyrak va jigarimni tekshiruvdan o’tkazdim. Buyrak va jigarimda muammo chiqmadi, oshqozonimda shamollash, o’timda esa dimlanish borligini aytishdi. Oshqozonimga lechina qildim, hozirgacha oshqozonim hali bezovta qilgani yo’q. O’t dimlanishi har zamonda bezovta qilib turadi. Dog’ tushushini asosiy sababi nima? Davo choralari bormi?

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Dermatologiya sohasi keng soha va dog’lar hosil bo’lishiga umumiy olganda, moddalar almashinuvi buzilishi, organ va sistemalarning normal ishlamasligi (masalan, hazm tizimi), va tashqi omillar sabab bo’lishi mumkin. (Bu umumiy ma’lumot)
Tavsiyamiz, malakali dermatolog ko’rigidan o’tib, agar lozim bo’lsa, boshqa mutaxassis shifokorlarni ham jalb qilgan holatda muolaja oling.